Asrning eng yirik tabiiy ofatidan bir oy o‘tib Turkiyada 22 ming xonadon qurilishi boshlandi

Bundan roppa-rosa bir oy muqaddam Turkiya va Suriyada zilzila yuz berdi va JSST buni asrning eng yirik tabiiy ofati deb atadi.

Turkiyada 40 mingdan ortiq odam fojia qurboniga aylandi. Ko‘pgina aholi punktlari yer bilan yakson bo‘ldi. Antakyada ham binolarning yarmidan ko‘pi vayron bo‘lgan. Ammo ko‘pchilik o‘z shahrini tark etishni xohlamaydi.

Zilzila oqibatlari Turkiyaning har oltinchi aholisi, 14 million kishiga ta’sir ko‘rsatdi. Uch milliondan ortiq odam qochqin bo‘ldi. Ikki millionga yaqini chodirlarda yoki konteyner shaharchalarda yashamoqda.

Rasmiylarga ko‘ra, 200 mingdan ortiq binolar vayron bo‘lgan yoki shikastlangan.

Mintaqada silkinishlar shu kungacha davom etmoqda. Shunday qilib, dushanbaga o‘tar kechasi O‘rta yer dengizida Turkiyaning zarar ko‘rgan Hatay viloyati qirg‘oqlarida 4,5 magnitudali yer osti zarbasi sodir bo‘lgan.

Zilzila zonasida 50 mingtagacha bino buzilishi kerak.

Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on hukumat yig‘ilishidan so‘ng xalqqa murojaatida ma’lum qildi, deya xabar beradi APAning Istanbuldagi muxbiri.

Prezident ikki oy ichida 244 ming xonadon va 75 ming qishloq uyi qurilishini boshlash rejalashtirilganini, 22 ming xonadon qurilishi boshlanganini ta’kidlagan.