Atlantika okeanida sayyohlar bo‘lgan “Titanik”ka tushgan suvosti kemasi g‘oyib bo‘ldi

Bir guruh sayyohlarni cho‘kib ketgan “Titanik”ka olib borgan xususiy chuqur suvosti apparati Atlantika okeanida radarlardan g‘oyib bo‘ldi, deb xabar bermoqda BBC News AQSh qirg‘oq qo‘riqlash xizmatiga tayanib. Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.

Sky News ma’lumotiga ko‘ra, "Titan" deb ataluvchi suv osti kemasi OceanGate Expedition kompaniyasiga tegishli. Ma’lum bo‘lishicha, uning bortida besh kishi, jumladan, Stokton Rash kompaniyasining bosh direktori va asoschisi, suv osti kemalari qo‘mondoni Pol-Anri Nargole va Action Aviation samolyotlarini sotuvchi kompaniya egasi, britaniyalik milliarder Xemish Xarding bor.

Ma’lumot o‘rnida: halokatga uchragan “Titanik”ka suvosti shaxsiy ekskursiyalari o‘n minglab dollarga tushadi. Titanikka sho‘ng‘ish va suv yuzasiga qaytish taxminan sakkiz soat davom etadi.

1912 yilda cho‘kib ketgan “Titanik”ning qoldiqlari Kanadaning Nyufaundlend oroli qirg‘oqlaridan 600 kilometr uzoqlikda, 3800 metr chuqurlikda joylashgan. Kema qoldiqlari 1985 yilda Robert Ballard ekspeditsiyasi tomonidan topilgan.

Garchi suvosti kemasi hali topilmagan bo‘lsa-da, bortda bo‘lgan Rori Golden yaqinda aloqaga chiqqani ma’lum bo‘ldi. U Facebookda "men yaxshiman" degan xabar joylagan.