Avgust oyida yurtimizda YuNESKO shafeligida xalqaro festival va anjuman o‘tkaziladi
- 04.07.2019 18:30
- 95
- O‘zbekiston
Joriy yil 26-30 avgust kunlari Samarqandda “Sharq taronalari” o‘n ikkinchi xalqaro musiqa festivali o‘tkaziladi. Shuningdek, 22-27 avgust kunlari Toshkent, Termiz va Samarqand shaharlarida “Moddiy va nomoddiy madaniy merosni saqlashdagi dolzarb muammolar va strategiyalar” mavzusi xalqaro anjuman tashkil etiladi.
Mazkur tadbirlarni YuNESKO shafeligi ostida o‘tkazish bo‘yicha YuNESKO Bosh kotibining rasmiy rozilik maktubi olindi.
Bu haqda YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, festival va anjuman davrida YuNESKO va “Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi konvensiya rasmiy ramzlaridan maxsus yo‘riqnoma qoidalari asosida foydalanish mumkin bo‘ladi.
Teglar:
YuNESKO
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa