Avtomashinada dunyo bo‘ylab yo‘lga chiqqan germaniyalik sayohatchilar Samarqandda to‘xtab o‘tdi
Avtosayohatchilar bugun Samarqand shahrida bo‘lib diqqatga sazovor joylarini tomosha qilishdi.
- Germaniyadan 19 avgust kuni yo‘lga chiqib, 20 avgustda Bolgariyaning Sofiya shahrida to‘plandik va sayohatimizga start berildi. – deydi Nadir Serin. – Turkiya, Eron, Turkmaniston orqali ikki kun oldin O‘zbekiston hududiga kirib keldik. Bugun Toshkentga yo‘l olamiz, keyin Qozog‘istonga. Avtosayohatimiz Qirg‘izistonda tugaydi. Biz avtomashinalarimizni Qirg‘iz Respublikasi madaniyat vazirligiga sovg‘a qilib samolyotda o‘z yurtimizga qaytib ketamiz.
– Yo‘l-yo‘lakay ko‘rganlarimizni tarixga ham muhrlab ketyapmiz, – deya gapida davom etdi Nadir Serin. – Ko‘rganlarimizni kelgusida film qilishni ham rejalashtirdik. Bu orqali biz G‘arb va Sharqni birlashtirish, davlatlar o‘rtasidagi hamdo‘stlik va turizm rivojiga o‘z hissamizni qo‘shishni niyat qilganmiz. Sayohatimizni tashkil etishda bizga yordam bergan tashqi ishlar vazirligi, Turksoy jamiyatiga, har bir davlatdagi Turkiya konsulxonalariga minnatdorchilik bildiramiz.
Husan Eltoyev.
Jasurbek Shukurov foto.