«Avtopatrul» reydi davomida 1977 qoidabuzarlik aniqlandi
- 26.01.2019 22:52
- 236
- Samarqand
Kecha - 25 yanvar kuni Samarqand viloyati hududida yo‘l transport hodisalarining oldini olish va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida “Avtopatrul” reyd tadbiri o‘tkazildi, deya xabar beradi samubdd.uz sayti.
Tadbir davomida viloyatdagi yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan jami 1977 ta qoidabuzarlik aniqlanib, bularning 1002 tasini qo‘pol qoidabuzarliklar tashkil etdi.
Jumladan, 81 nafar haydovchi transport vositasini mast holda boshqarganligi, 109 ta tegishli hujjatlarsiz va transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan boshqarish bilan bog‘liq, 296 ta odam tashish qoidasini buzish, 7 ta harakat vaqtida telefondan foydalanish, 324 ta yo‘l belgilariga rioya qilmaslik, 285 ta quvib o‘tish qoidasini buzish, 7 ta tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynalar o‘rnatilgan, 304 ta boshqa turdagi qoidabuzarlik aniqlanib, 207 ta transport vositalari jarima maydoniga qo‘yildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa