"Bahodir Yalangto‘sh" bahonasida harbiylar bilan ma’rifiy suhbat bo‘ldi

Bahodir Yalangto‘sh kim? U o‘z davrida qanday mavqega ega bo‘lgan? Uning sarkardalik salohiyati qanday shakllangan? O‘zbek harbiylarida bugun qaysi fazilatlar ustun bo‘lishi lozim?

Samarqanddagi harbiy qismda O‘zbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar uyushmalari a’zosi Farmon Toshev bilan bo‘lgan muloqotda askar va zobitlar ana shu savollar atrofida munozara yuritdilar.Dastlab ijodkor o‘zining "Bahodir Yalangto‘sh" dramasi yozilish tarixi hamda undagi obrazlar fazilatlari haqida gapirib berdi. Savol-javoblar,  kitobxonlik,  bilimdonlik haqida o‘tgan suhbat yakunida muallif  faol ishtirokchilarga o‘z kitoblarini dastxat yozib hadya qildi.

Muloqot harbiy qism muzeyining Bahodir Yalangto‘shga bag‘ishlangan bo‘limi hamda  kutubxonada davom etdi. Harbiylar o‘zlari o‘qigan kitoblar mazmuni haqida gapirib berdilar, ijrdkordan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va mushoirada ishtirok etdilar.