Banan nega yoy shaklida o‘sadi?

🔹 Dunyoda 8 xil ko‘z rangi bor. Kamdan-kam uchraydigani binafsha rangli ko‘zlardir.

🔹 So‘nggi 4 ming yil ichida odamlar hayvonlarning biron bir yangi turini qo‘lga o‘rgata olmagan.

🔹 Xitoyda uydagi jihozlarning to‘g‘ri joylashuvini belgilaydigan Fen-Shuy amaliyoti dastlab qabrlarni bezatish san’ati bo‘lgan.

🔹 O‘rtacha bulutning og‘irligi taxminan 500 tonnani tashkil etadi, unda 80 ta filning vazni bor.

🔹 Marsda atmosferaning zichligi juda past bo‘lishi sababli quyosh botishi ko‘k rangga o‘xshab ko‘rinadi.

🔹 Bir yil davomida Yerga 50 kilogrammgacha har xil o‘lchamdagi Mars meteoritlari tushadi.

🔹 Zigmund Freyd morfinga qaramlikni kokain bilan davolash mumkin deb hisoblagan.

🔹 Yonoqlardagi chuqurchalar aslida genetik nuqson. Bu mushaklar to‘g‘ri o‘smagan va ular orasida bo‘shliqlar paydo bo‘lganligi dalolatidir.

🔹 Inson hayoti davomida tanasining faqat ikki qismi o‘sadi: burun va quloqlar.

🔹 Erkaklarning 70 foizida chap ko‘rsatkich barmog‘ida chandiq bor.

🔹 Tadqiqotchilar ko‘rshapaklar bir-biriga alohida murojaat qilishi va hatto tez-tez bahslashib turishini aniqladilar.

🔹 Suvarak bir necha hafta boshsiz yashay oladi va oxir-oqibat ochlikdan o‘ladi.

🔹 Ko‘pgina alkogolli ichimliklar tarkibida inson uchun hayotiy zarur bo‘lgan 13 xil mineral bor.

🔹 Bananlar o‘sish jarayonida quyosh nuriga qarab tortilishi tufayli bukik shaklga ega.

🔹 Kanadaning tez yordam mashinalarida svetoforning rangini avtomatik ravishda o‘zgartira oladigan uskuna o‘rnatilgan.

🔹 Yaponiyadagi ba’zi svetoforlarda yashil rang o‘rniga ko‘k rangdan foydalaniladi, chunki tarixda ushbu ranglarning ikkalasi ham bitta so‘z bilan atalgan.

🔹 Germaniyada svetoforning ruxsat signalini kutayotganingizda yo‘lning qarama-qarshi tomonidagi odam bilan tennis o‘ynashingiz mumkin.

Bahora tayyorladi.