Bankchilar ustozlariga ehtirom ko‘rsatdi

Markaziy bankning Samarqand viloyati bosh boshqarmasida 1 oktyabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlab bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Qahramoni Hasan Normuradov, boshqarma boshlig‘i Qayum Sobirov insonning kamol topishi, jamiyatda munosib o‘rin topishida o‘qituvchi va murabbiylarning hissasi haqida gapirib, ularga ehtirom ko‘rsatish, pedagoglarning mavqeini oshirish borasida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarga to‘xtaldilar.
Jamoada ko‘p yillar samarali va fidokorona mehnat qilgan bir guruh fidoyilarga boshqarmaning esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shuningdek, tadbirda boshqarmaning bo‘lim va sho‘’balari o‘rtasida o‘tkazilgan minifutbol bo‘yicha “Markaziy bank kubogi” musobaqasi g‘oliblari ham taqdirlandi.