Bankomat bir yilda 250 dollarga adashadi. Xo‘sh, kimning hisobiga?
🔹 Birinchi odekolon vaboning oldini olish vositasi sifatida paydo bo‘lgan.
🔹 Dunyoda har daqiqada 2 ta zilzila sodir bo‘ladi.
🔹 Barcha tirik mavjudotlar ichida chumoli eng katta miyaga ega. O‘z tanasiga nisbatan albatta.
🔹 Mashhur ertaknavis va yozuvchi Gans Kristian Andersen deyarli bitta so‘zni to‘g‘ri yoza olmagan.
🔹 Dushanba kunida boshqa kunlarga qaraganda 25 foiz ko‘proq jarohatlar va 33 foiz ko‘proq yurak xurujlari sodir bo‘ladi.
🔹 Har kuni dunyoda o‘rtacha 33 ta yangi mahsulot paydo bo‘ladi. Ularning 13 tasi bolalar o‘yinchog‘i.
🔹 Chivinlarni yaqinda banan iste’mol qilgan odamlarning hidi jalb qiladi.
🔹 Xokkey shaybasi tezligi soatiga 160 kilometrga yetishi mumkin.
🔹 Neandertallarning miyasi biznikiga qaraganda kattaroq bo‘lgan.
🔹 O‘rtastatistik bankomat bir yilda 250 dollarga adashadi, o‘zining foydasiga emas, albatta.
🔹 Saudiya Arabistonida daryo yo‘q.
🔹 Pingvin uch metrgacha balanlikka sakray oladi.
🔹 Inson hayoti davomida o‘stirgan boshidagi sochlarining uzunligi o‘rtacha 725 kilometrni tashkil qiladi.
🔹 Oq kitning yuragi hajmi bo‘yicha Folksvagen Juk avtomobiliga teng keladi.
🔹 Fregat qushi ucha turib uxlashi mumkin.
🔹 Sakkizoyoq va kalmarlarning uchta yuragi bor.
🔹 Yupiter va Saturn sayyoralarida olmosli yomg‘ir yog‘ib turadi.
🔹 Butun koinotda Yerdagi qum zarralariga qaraganda ko‘proq yulduz bor.
Bahora tayyorladi.