“Barbi” qo‘g‘irchog‘i, “Boing” samolyoti, “Svarovski” toshlari…

Shu va boshqa ko‘plab nomlarni tilga olganda biz bu brendlar yoki ularning umumiy atalishini bilamiz. Lekin ularning nega bunday nom olganligi va barchasining ortida bunday ism yoki familiyaga ega bo‘lgan mashhur yaratuvchilari turganidan bexabarmiz. Bugun tarixga kirgan ushbu brendlarning yaratuvchilari va ularning shaxsiy hayot yo‘li bilan tanishamiz.

Barbie

Mashhur qo‘g‘irchoqning to‘liq ismi Barbara Millisent Roberts. U o‘zining yaratuvchisi Rut Hendlerning qizi sharafiga nomlangan. “Mattel” o‘yinchoqlar kompaniyasi asoschisining rafiqasi qizi va uning do‘stlari o‘yinlarini tomosha qilib, “Barbi”ni ixtiro qildi.

Boeing

Kompaniya 1916 yilda o‘zining birinchi gidrosamolyotini uchirishga muvaffaq bo‘lgan dizayner Uilyam Boing sharafiga nomlangan. Uilyam birmuncha vaqt aeroplan ishlab chiqarishda yordam bergan yog‘och sanoatida ham ishlagan.

Swarovski

Kompaniya o‘z nomini chex billur qirralovchilari oilasida tug‘ilgan asoschisi Daniyel Svarovski nomidan oldi. 1892 yilda u kichik toshlar va sun’iy qimmatbaho toshlarni yaratishga imkon bergan birinchi qirralash mashinasini ixtiro qildi va 1895 yilda “Swarovski” brendi ostida zavodda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.

Lasoste

1933 yilda fransuz tennischisi Rene Lakost boshqa tennischilarning o‘sha paytdagi formasidan farq qiladigan, o‘z qo‘li bilan tikkan polo-ko‘ylagini kiydi. Timsoh nishoni esa Lakostning “alligator” laqabidan kelib chiqqan. Terma jamoasi sardori unga g‘alaba uchun timsoh terisidan tikilgan chamadon va’da qilgan edi. Aytgancha, u kortda ham yirtqich kabi kurashardi.

Mercedes-Benz

Brendning “Bens” qismi birinchi benzinli vagon ixtiro qilgan nemis muhandisi Karl Bensga tegishli. Shunga o‘xshash loyiha Daymler va Maybax muhandislari tomonidan ishlab chiqilgan. Aynan ular poygachi tadbirkor Emil Ellinekil iltimosiga binoan o‘z davridagi inqilobiy sport avtomobilini yaratishdi va uning qizi sharafiga Mersedes nomini berdi. Kompaniya Bens kompaniyasi bilan birlashganda mashina zavodi “Mercedes-Benz” nomi bilan ish boshladi.

Tiffany

Bugungi kunda mashhur kompaniya 1837 yilda Amerika zargarlik buyumlari savdosi yetakchilari Charlz Lyuis Tiffani va Jon Yang tomonidan asos solingan. Dastlab belgida ularning har ikkalasining familiyasi bo‘lgan, keyinchalik Charlz Tiffani asosiy rahbar bo‘lganida, faqat “Tiffany & Co” belgisi qoldi. Endi faqat firmaning moviy rangi Jon Yang familiyasi bilan nomlanadi.

Gillette

Brend o‘z nomini qoliplangan po‘latdan yasalgan yupqa piska (lezviye)li ustara ixtiro qilgan amerikalik ixtirochi King Kemp Jillett asoschisidan oldi.

McDonald’s

Kompaniya 1940 yilda aka-uka Dik va Moris Makdonaldlar tomonidan tashkil etilgan. Biroq tez ovqatlanish restorani “McDonald’s” tarmog‘ini ochishga kirishgan tadbirkor-restorator Rey Krok uni butun dunyoga mashhur qilishga muvaffaq bo‘ldi. Dik va Moris baxtiga ular familiyasi saqlab qolindi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.