BAT tamaki kompaniyasi Shimoliy Koreya bilan savdo qilgani uchun 635 million dollar to‘laydi

Dunyodagi eng yirik tamaki kompaniyalaridan biri – British American Tobacco tamaki kompaniyasi AQSh hukumatiga 635 million dollar to‘laydi, Chunki uning sho‘’ba korxonasi Shimoliy Koreyaga sanksiyalarni buzgan holda tamaki va sigaretalar sotgan.

BAT seshanba kuni AQSh Adliya va Moliya vazirligi bilan to‘lov bo‘yicha kelishuv imzolagan. Kompaniya rahbari Jek Baulz BAT qoidabuzarlikdan chuqur afsusda ekanini aytgan.

BAT sanksiyalarni chetlab o‘tish va Shimoliy Koreyaga tamaki va tamaki mahsulotlarini sotish uchun murakkab sho‘’ba korxonalari zanjirini yaratgan, deyiladi BBC xabarida. Ushbu firmalar 2007-2017 yillarda, Adliya vazirligi hisob-kitoblariga ko‘ra, taxminan 428 million dollar daromad olgan.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In ashaddiy kashanda va ko‘pincha rasmiy suratlar yoki telekameralar oldida sigaret bilan ko‘rinadi.

O‘tgan yili Qo‘shma Shtatlar BMT Xavfsizlik Kengashi orqali Shimoliy Koreyaga tamaki eksportini umumiy taqiqlashni taklif qilmoqchi bo‘lgan. Biroq bu tashabbus Xitoy va Rossiya tomonidan to‘sqinlikka uchragan.