Bayden qochqinlarni AQShda qabul qilish limitini oshirdi
AQSh prezidenti Jo Bayden Demokratik partiyaning boshqa a’zolari tomonidan qilingan bosim fonida, joriy moliyaviy yil uchun qochqinlarni qabul qilish me’yorini oshirganini aytdi.
"Bugun men ushbu moliya yilida qochqinlarni qabul qilish bo‘yicha yillik cheklovni 62,5 ga yetkazishni qayta ko‘rib chiqilishini e’lon qilaman. Bu avvalgi ma’muriyat tomonidan belgilangan, Amerikaning qochqinlarni qo‘llab-quvvatlaydigan mamlakat sifatida qadriyatini aks ettirmaydigan, tarixiy jihatdan eng past bo‘lgan 15 minglik darajani yo‘q qiladi", dedi Bayden yozma bayonotida.
Baydenning so‘zlariga ko‘ra, maqsad - har yili 125 ming raqami bo‘lib qolmoqda va u oktyabrda boshlanadigan keyingi moliyaviy yilda unga erishmoqchi.
Oldinroq Bayden qochqinlarni qabul qilish me’yorini avvalgi Donald Tramp tomonidan belgilangan 15 ming miqdorida saqlab qoldi. Ammo qattiq tanqidlar fonida u bu vaqtinchalik chora ekanini aytib, albatta limitni oshirishga va’da bergan edi.