Bayden Rossiyaga sanksiyalar joriy etish tashabbuskorini razvedka boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlamoqchi
AQShning demokratik partiyadan saylangan prezidenti Jozef Bayden ilgari Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etish ustida ishlagan va Moskvaning saylovlarga "aralashuvi"ni tekshirgan Devid Koenni Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari etib tayinlamoqchi. Bu haqda “The New York Times” gazetasi manbalarga asoslanib yozmoqda.
Aniqlik kiritilishicha, Bayden hali yakuniy qarorga kelmagan. Bu boshqa lavozimlar, xususan, adliya vazirligi boshlig‘i va Pentagon rahbari vazifalari taqsimlanishiga bog‘liq. Biroq nashr ma’lumotiga ko‘ra, bosh maslahatchilar Baydenning Koenga yon bosishini bildirishdi.
Maykl Morrell razvedka boshqarmasi direktori lavozimiga ikkinchi nomzod bo‘lib qolmoqda. Gazetaning yozishicha, AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp Barak Obama davrida Morrel departament rahbarining o‘rinbosari va ikki marta razvedka boshqarmasi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi bo‘lgan. Biroq ba’zi qonunchilar uning nomzodiga qarshi. Chunki ilgari u qiynoqlarni o‘z ichiga olgan dasturlarni qo‘llab-quvvatlagan.
“The New York Times” xabariga ko‘ra, 2015-2017 yillarda Koen markaziy razvedka boshqarmasi, federal qidiruv byurosi (FBR) va AQSh ichki xavfsizlik vazirligi tomonidan Tramp g‘olib chiqqan 2016 yilgi prezidentlik saylovlariga aralashish bo‘yicha qo‘shma tekshiruvda qatnashgan. Bundan tashqari, u moliya vazirligida ishlayotganda Rossiya va Eronga qarshi sanksiyalar bilan bog‘liq masalalarni nazorat qilgan edi.
Avvalroq Baydenning davlat kotibi lavozimi nomzodi bo‘yicha bir qarorga kelgani haqida xabar berilgan edi. Ushbu lavozimni diplomat va Baydenning azaliy ittifoqchisi Toni Blinken ham egallashi mumkin. Boshqa nomzodlar ro‘yxatida - senatorlar Kris Kus va Kris Merfi, sobiq davlat kotibi muovini va Rossiyadagi elchi Uilyam Berns va Obamaning sobiq milliy xavfsizlik maslahatchisi Syuzan Rays bor.
G.XOLDOROVA tayyorladi.