Bayram arafasida 92 nafar fuqaro afv etildi

Prezident Sh.Mirziyoyevning farmoniga asosan, Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 27 yilligi munosabati bilan afv e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan, biroq qilmishidan chin yurakdan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 92 nafar mahbus afv etilgan.

Afv etilganlardan 20 nafari jazodan to‘liq ozod etiladi, 37 nafari shartli ravishdan muddatidan avval ozod qilinadi, yana 16 nafar shaxsga nisbatan belgilangan jazo yengilrog‘iga almashtiriladi. Bir so‘z bilan aytganda, jazoni ijro etish muassasalaridan hamda probatsiya xizmati organlari hisobidan chiqariladigan fuqarolar soni 73 nafarni tashkil etadi.

Bundan tashqari, yana 19 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum etish ko‘rinishida belgilangan jazo qisqartiriladi.

Afv etilganlar orasida 3 nafar erkakning yoshi 60 dan oshgan, 3 nafar ayol bor. 79 kishi muqaddam taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etishgan.