Bayram kunlari barcha davolash muassasalarida tunu kun navbatchi brigadalari tashkil etildi
1-5 sentyabr kunlarida aholi salomatligini ta’minlash borasidagi hukumat va Sog‘liqni saqlash vazirligi topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatimizda malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tunu kun navbatchilik tashkil etildi.
Xalqimiz bayramni xotirjam, osoyishta, tinchlik-totuvlikda o‘tkazishini ta’minlash maqsadida xalq sayillari, bayram tadbirlari o‘tkaziladigan va aholi gavjum joylarda tibbiy yordam xizmati tashkillashtirildi.
Shuningdek, bayram kunlari viloyatimizdagi barcha hududiy oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar, ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda belgilangan tartibda bayram kunlari 08:00 dan 20:00 gacha faoliyat ko‘rsatadigan shifokor va hamshiralardan iborat navbatchi brigadalar tashkil etildi.
Birgina shoshilinch tibbiy yordam tizimi muassasalari va “Tez yordam” xizmati, xususan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali hamda uning shahar va tuman hududlaridagi tibbiyot birlashmalari tizimidagi barcha bo‘limlarida 70 nafar shifokor, 400 nafar hamshira, jami 500 nafardan ziyod tibbiyot xodimlari odatdagi tartibda, uzluksiz ishlamoqda.
Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati.