Bayram kunlari Samarqand shahrida qaysi ko‘chalar yopiladi?
Hurmatli samarqandliklar va shahrimiz mehmonlari!
Samarqand shahrida “Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivali hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 28 yillik bayrami tantanalari o‘tkazilishi munosabati bilan Registon maydoni, Alisher Navoiy nomli markaziy istirohat bog‘i va “Mo‘’jiza” amfiteatri, “Yoshlik” istirohat bog‘i atrofidagi quyidagi ko‘chalarda joriy yilning 26-31 avgust kunlari tadbirlar bo‘lib o‘tadigan vaqtda transport vositalarining harakati vaqtincha taqiqlanadi:
- Registon ko‘chasining Universitet xiyobonidan G‘ijduvon ko‘chasi tutashmasigacha;
- Dahbet ko‘chasining Registon ko‘chasi chorrahasidan Imom Buxoriy ko‘chasi tutashmasigacha;
- Kulolon ko‘chasining Registon ko‘chasi chorrahasidan Termiz ko‘chasi tutashmasigacha;
- Bog‘imaydon ko‘chasining Dahbet ko‘chasi chorrahasidan Ko‘shhovuz ko‘chasi chorrahasigacha;
- Abdurahmon Jomiy ko‘chasining Amir Temur ko‘chasi chorrahasidan Universitet xiyoboni ko‘chasi chorrahasigacha;
- Universitet xiyoboni ko‘chasining o‘ng tomoni Shohrux ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan O.Mahmudov ko‘chasi chorrahasigacha;
- Bobur Mirzo ko‘chasining O.Mahmudov ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Abdurahmon Jomiy ko‘chasi tutashmasigacha;
- Amir Temur ko‘chasining Shohrux ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Abdurahmon Jomiy ko‘chasi chorrahasigacha;
- Shohrux ko‘chasining Amir Temur ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Universitet xiyoboni ko‘chasi chorrahasigacha;
- Beruniy ko‘chasining Qozizoda Rumiy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Rudakiy ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismida (Povorot-Vokzal yo‘nalishi bo‘yicha);
- Beruniy ko‘chasidan “Yoshlik” istirohat bog‘iga kiradigan 2 ta tor ko‘chada.
Samarqand viloyati IIB YHXB
matbuot xizmati.