Belgilangan umumiy yoshdan ikki yil oldin ham pensiyaga chiqish mumkin

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunning 14-moddasida yoshga doir pensiyalarni muddatidan oldin tayinlash tartibi belgilangan.

Unga ko‘ra, texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar:

erkaklar — 58 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;

ayollar — 53 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi qonuni 25-moddasi va «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonunning 14-moddasiga muvofiq va Mehnat kodeksi 100-moddasida ko‘rsatilgan sabablarga ko‘ra mehnat shartnomasi bekor qilinganda umumiy asoslarda belgilangan pensiya yoshi arafasida bo‘lgan xodimlarga muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlash va to‘lash ko‘zda tutilgan.

J.Abraqulov,
byudjetdan tashqari
pensiya jamg‘armasi Bulung‘ur tuman bo‘limi boshlig‘i.