"Besh tashabbus olimpiadasi": Stritbolchi xotin-qizlar Samarqandda bellashmoqda
- 17.06.2023 20:54
- 35
- Sport
Samarqand shahridagi yengil atletika va o‘yin turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning xotin-qizlar o‘rtasida stritbol bo‘yicha “B” liga bahslari boshlandi.
Musobaqada respublikamizning 14 hududidan kelgan 210 nafar qatnashchi uchta (16-21, 22-26, 27-30) yosh toifasida qatnashmoqda.
Tadbirning ochilish marosimida Yoshlar siyosati va sport vazirining o‘rinbosari Durdona Rahimova ishtirok etib, xotin-qizlarga muvaffaqiyat tiladi.
Shundan so‘ng uch yosh toifasida bahslar boshlandi.
Musobaqada har bir jamoada 5 nafardan ishtirokchi g‘oliblik uchun bellashmoqda.
Bahslar 20 iyunga qadar davom etadi.
Teglar:
Besh tashabbus
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Sud — hukm chiqaradi, advokat — himoya qiladi
- Bugun, 15:20
- Samarqand
Qo‘y tanigan cho‘ponlar
- 01/05, 21:03
- Mutolaa