Bibliosmiya nima?

Bibliosmiya bu kitoblarning hidini yoqtiruvchi kitobxonlarga nisbatan ishlatiladigan atama.

Elektron kitoblarda bu zavqni tuyishning iloji yo‘q. Rey Bredberi “Elektron kitoblarning kelajagi yo‘q, chunki ular kitob emas. Ulardan yonib ketgan yoqilg‘ining hidi keladi”, deb yozgan edi.

Kitoblardan keladigan hid qog‘ozdagi kimyoviy reaksiyalardan kelib chiqadi. Ko‘pchilik kitob qanchalik eski bo‘lsa, undan shunchalik yaxshi hid keladi deb o‘ylaydi, ammo bibliosmiyasi bor kitobxonlar uchun har qanday kitobning o‘ziga xos hidi mavjud.

2015 yilda Britaniya kitobsevarlar jamiyati tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada respondentlarning atigi 10 foizi qog‘oz kitoblardan elektron kitoblarni afzal ko‘radi, 71 foizi esa elektron kitobdan umuman foydalanmagan.

Elektron kitoblar zamon talabi. Lekin qog‘oz kitoblar hech qachon o‘lmaydi.