Bilasizmi, kimlarga kommunal xizmatlari haqini to‘lash uchun kompensatsiya beriladi?

Kommunal xarajatlarning bir qismini qoplash uchun mamlakatimizda bir necha toifadagi insonlar uchun ma’lum miqdorda konpensatsiya berilishi belgilangan. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" telegram kanali xabar bermoqda.

  1. Quyidagi toifalar uchun kommunal xizmatlar haqini to‘lash uchun eng kam ish haqining 45 foizi (91 ming 228,5 so‘m) miqdorida kompensatsiya pul to‘lovlari beriladi:

 a)  1941 — 1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;

o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlar;

 b)  Sovet Ittifoqi Qahramonlari, Sotsialistik Mehnat Qahramonlari va “Slava” ordenining uchala darajasi bilan mukofotlangan shaxslar;

 v)  Fashist konslagerlarining sobiq voyaga yetmagan mahbuslari;

 g)  Leningrad shahri qamali davrida ishlagan fuqarolar;

d) Ko‘rish qobiliyati bo‘yicha I guruh nogironlari;

 ye) Chernobil halokati oqibatida jabrlangan fuqarolar;

 yo)  Yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro ob’yektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar.

  1. 1941 – 1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilariga kommunal xizmatlar haqini to‘lash uchun eng kam ish haqining 50 foizi (101 ming 365 so‘m) miqdorida kompensatsiya pul to‘lovlari beriladi.
  2. 1941 – 1945 yillardagi urush davridagi mehnat fronti qatnashchilariga kommunal xizmatlar haqini to‘lash uchun eng kam ish haqining 25 foizi (50 ming 682,5 so‘m) miqdorida kompensatsiya pul to‘lovlari beriladi.