Mashina benzini uchun kompensatsiya kimlarga beriladi va uni olish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?

Bu haqda AOKA shtabida o‘tgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva ma’lumot berdi:

Quyidagi shaxslar kompensatsiya olish huquqiga ega:

➖ urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;

➖ urush faxriylari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;

➖ mehnatda mayib bo‘lish va kasb kasalligi tufayli I va II guruh nogironlari;

➖ I va II guruh bolalikdan nogironlar.

2019 yil 15 avgustdan kompensatsiya miqdori — 75 000 so‘m.

Kompensatsiyani tayinlash uchun pensiyalar va nafaqalarni tayinlaydigan organlarga murojaat qilish va quyidagi hujjatlar taqdim etish kerak bo‘ladi:

➖ ariza;

➖ pasport nusxasi;

➖ imtiyozga bo‘lgan huquqlar to‘g‘risidagi guvohnomalar nusxalari (urush qatnashchilari va nogironlari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun);

➖ tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining ma’lumotnomalari nusxalari (mehnatda mayib bo‘lish, kasb kasalligi tufayli nogironlar va bolalikdan nogironlar uchun);

➖ avtomototransportning texnik pasporti nusxasi;

➖ haydovchilik guvohnomasi nusxasi yoki Ikkinchi jahon urushi nogironi bilan doimiy birga yashaydigan va u bilan bir turar-joy maydonida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosining haydovchilik guvohnomasi, pasporti nusxalari va u tomonidan avtomototransport vositasidan foydalanish huquqiga ishonchnoma.