Bilasizmi, xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun qanday hujjatlar kerak?

Xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun ma’lumotlarni yig‘ish punktiga (pasport stol) quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

- ariza-anketa;

- biometrik pasport yoki ID-karta yoxud 16 yoshga to‘lmagan fuqarolar uchun tug‘ilganlik haqida guvohnoma;

- ilgari berilgan xorijga chiqish biometrik pasporti (mavjud bo‘lgan taqdirda);

- vakolatli organning qarori (xorijga chiqish biometrik pasporti ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilganida);

- harbiy xizmatga majburlar uchun harbiy hujjatlar;

- davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiya;

- ota-onalar, vasiylar (homiylar)ning fuqaroning xorijga chiqishiga notarial tasdiqlangan roziligi – voyaga yetmaganlar uchun;

- fuqaroga hamrohlik qiluvchi shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyati – voyaga yetmaganlar uchun.

Barcha hujjatlar taqdim etilganidan so‘ng xorijga chiqish biometrik pasporti 10 ish kunida berilishi lozim.