Bilimga chanqoq yigitga noutbuk, hunarmand qizga tikuv mashinasi berildi

Ishtixon tumanida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Odiljon Tojiyev, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Akmal Jumaboyev, Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari Xurshid Ochilov va tuman hokimi Shuhrat Negmatov ishtirok etdi.

Yoshlar mas’ul rahbarlar va tuman hokimiga 30 dan ortiq taklif va savollar bilan murojaat qilishdi. Yigirmata murojaat joyida hal etilib, qolgan taklif va muammolar yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Kelgusida oliy o‘quv yurtida o‘qib, ilm olishga intilayotgan yoshlardan biri - Muzaffar Murodullayevga noutbuk, tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, 2 nafar tengdoshini ish bilan ta’minlashini aytgan yosh hunarmand Hilola Toshqulovaga tikuv mashinasi tuhfa qilindi.

Ishtixon tumani hokimligi axborot xizmati.