Bir kunda 10 nafar fuqaroga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi

Samarqand viloyati bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Jinoyatchilikka qarshi kurash” tezkor profilaktik tadbirlari doirasida, 16 sentyabr kuni Toyloq hamda Jomboy tumanlarida yashovchi bir guruh fuqarolarning yashash xonadonlarida tintuv tergov harakati o‘tkazildi.

Olib borilgan tintuv tergov harakati davomida bir guruh fuqarolarda bita, metall buyumdan yasalgan kastet, pnevmatik qurol, pichoqlar, hujjatsiz ov qurollari, taqiqlangan mazmundagi diniy materiallar, giyohvandlik moddalari mavjudligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilib olindi.

Shuningdek, MJtKning tegishli moddalarida ko‘rsatilgan huquqbuzarliklarni sodir qilgan 10 nafar fuqarolarga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, profilaktik tadbirlar davom etmoqda.