Bir oylik iste’mol savatchasi ishlab chiqildi: bir kishi uchun taxminan 2 157 000 so‘m

2020 yil dekabr oyida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan jahon tajribasi va aholining ijtimoiy so‘rov natijalarini hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasida iste’mol savatining hisob-kitobini ishlab chiqish bo‘yicha ishlar olib borildi.

O‘rganishlar shuni ko‘rsatadiki, iste’mol savatchasining miqdori bir kishi uchun taxminan 2 157 000 so‘mni tashkil etadi.

Qayd etish joizki, iste’mol savatiga oziq-ovqat mahsulotlaridan: non, yorma va dukkakli mevalar, go‘sht, sabzavotlar, poliz, mevalar (sitrus mevalar va ziravorlar) sut mahsulotlari, shuningdek nooziq-ovqat (dorilar, kosmetika va uy-ro‘zg‘or buyumlari) mahsulotlari va kommunal xizmatlar, transport xarajatlari va qo‘shimcha o‘quv kurslari ham kiritilgan.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi bir oyda o‘rtacha mehnatga layoqatli shaxs iste’mol qiladigan tovar va xizmatlarning quyidagi ro‘yxatini tayyorladi: