Bir qator hokimlarning birinchi o‘rinbosari hamda soliq idoralari rahbarlari faoliyatiga baho beriladi
Yil boshidan 67 ta tumanda tushum 1,5 karra oshdi. Masalan, Baxmal, Jalaquduq, Forish, Qo‘rg‘ontepa va Guliston tumanlarida o‘sish 2 baravar bo‘lgan.
Lekin Nukus, Oqdaryo, Qiziriq, Mingbuloq, Mirzo Ulug‘bek, Qibray, Toyloq tumanlari, Namangan va Zarafshon shaharlarida o‘sish sur’atlari qolgan hududlardan ancha orqada ekani, Shumanayda esa umuman o‘sish bo‘lmagani ko‘rsatib o‘tildi.
Mutasaddilarga soliq tushumlarida o‘sish past bo‘lgan ushbu hududlarga borib, ajratilgan kredit, subsidiya, davlatdan berilgan resurslar samarasini tahlil qilish topshirildi.
Tahlil yakunlariga ko‘ra ushbu hududlar hokimining birinchi o‘rinbosari va soliq rahbarlari faoliyatiga baho beriladi.
Ushbu tumanlarda hamda har bir viloyatda respublikadan yordam olayotgan eng og‘ir bittadan tumanda tushumni 2 karra oshirish bo‘yicha namuna yaratish vazifasi qo‘yildi.