Birovning hasad va g‘azabiga qanday munosabatda bo‘lish kerak?

Yaponiyaning bir qishlog‘ida dono keksa samuray yashagan. Bir kuni uning yoniga qo‘polligi va shafqatsizligi bilan tanilgan yosh jangchi keldi. Uning sevimli mashg‘uloti fitna chiqarib, biror xunuk voqeani yuzaga keltirishga urinish bo‘lardi: u raqibini g‘azabini chiqarar, raqib esa  achchiqlanganidan xatoga yo‘l qo‘yib,  natijada kurashda unga yutqazardi.

Yosh jangchi qariyani haqorat qila boshladi, unga tosh otib, tupurdi va yomon sozlar bilan so‘kdi. Chol esa bamaylixotirlik bilan darsini davom etaverdi. Shundan so‘ng o‘z g‘azabidan charchagan yosh askar jo‘nab qoldi.

Shogirdlar cholning bu haqoratlarga chidaganidan hayratda bo‘lib, undan so‘rashdi:

- Nega uni jangga chorlamadingiz?  Siz mag‘lub bo‘lib qolishdan qo‘rqdingizmi?

Qari samuray javob berdi:

- Agar kimdir sizga sovg‘a bilan kelgan bo‘lsa-yu, siz uni qabul qilib olmasangiz, sovg‘a kimga tegishli bo‘ladi?

- O‘zining oldingi egasiga, – javob berdi o‘quvchilardan biri.

- Xuddi shu narsa hasad, nafrat va haqorat uchun ham tegishlidir. Siz ularni qabul qilib olmaguningizcha, kim olib kelgan bo‘lsa, o‘ziniki bo‘lib qoladi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.