“Bitcoin”chilar 3 million AQSh dollarini telegram orqali noqonuniy ayirboshlagani aniqlandi
- 20.06.2020 14:20
- 157
- Jinoyat va jazo
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.A. noqonuniy daromad orttirish maqsadida valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuroratura matbuot xizmati xabar berdi.
U 2019–2020 yillarda internet tarmog‘idagi Telegram kanalida fuqarolarga 3 million AQSh dollari miqdoridagi kriptoaktivlar ko‘rinishidagi mablag‘larni ayirboshlash orqali xorijiy davlatlar fuqarolari bilan chet el valyutasini o‘tkazib kelgani, “Bitcoin” oldi-sotdisi bilan litsenziyasiz shug‘ullanganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) va 190-moddasi (faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandga 11 oyda 8,5 millondan ziyod sayyoh keldi
- 51 daqiqa avval
- Sayohat
Yerga mehr berganlar – el e’zozida
- 55 daqiqa avval
- Qishloq xo'jaligi