BMT Afg‘oniston iqtisodiyoti rivojini doimiy qo‘llab-quvvatlashga o‘tishni taklif qilmoqda
BMT bosh kotibi Antonio Guterrish Afg‘oniston bilan bog‘liq vaziyatni tartibga solish choralarini taklif qildi.
Guterrishga ko‘ra, bugungi kunda xalqaro hamjamiyat Afg‘oniston bilan bog‘liq vaziyatni hal qilish uchun quyidagi choralarni ko‘rishi zarur:
🔹 Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakil tayinlash va amaldagi hukumat bilan siyosiy hamkorlik qilish uchun “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish;
🔹 gumanitar yordam ko‘rsatishdan Afg‘oniston iqtisodiyoti rivojini doimiy qo‘llab-quvvatlashga o‘tish;
🔹 iqtisodiyotni tiklash yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish uchun muloqot o‘rnatish;
🔹 afg‘onlararo muzokaralarni boshlash.
Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev Afg‘oniston muvaqqat hukumati bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha umumiy yondashuvlarni ishlab chiqishga chaqirib, ushbu mamlakat bo‘yicha yuqori darajadagi xalqaro muzokaralar guruhini tuzishni taklif qilgan edi.