Boboqul Toshev: Sudlar qonunlarni noto‘g‘ri talqin qilyapti
Muallif ma’lum asarni yaratar ekan, uning yaratilishida eng qadrli ne’mat bo‘lgan umrini, shuningdek, kuch-g‘ayrati, aql-idrokini sarflaydi. Yillab izlanishlar va qattiq mehnat ortidan ma’naviy boylik bo‘la oladigan asarlar dunyoga keladi. Ana shunday asarlar butun jamiyatga foyda keltiradi. Tabiiyki, muallif o‘zi yaratgan asaridan yetarli darajada ma’naviy va moddiy manfaatdor bo‘lishi kerak.
Agar biror kishi mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz yoki litsenziyasiz mualliflik huquqi bilan cheklangan harakatlardan birini amalga oshirsa, ikkinchisi uning mualliflik huquqini talab qilishi va qonuniy himoya choralarini ko‘rishi mumkin: masalan, zararni undirib olish va sud tomonidan taqiq qo‘yish.
Bugun mualliflik huquqlarini himoya qilishda sud jarayonlarida yetarlicha muammolar kelib chiqmoqda. Bugungi lavhamizda yuridik fanlari doktori, professor, san’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish Palatasi raisi Boboqul Toshev ana shunday holatlar haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.