Bojxonachilar mashina ichidagi mashinani payqab qoldi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan avtotransport vositalarining respublikamiz hududiga noqonuniy olib kirilishiga qarshi samarali kurash olib bormoqda.

Viloyat bojxona boshqarmasi “Yallama” chegara bojxona postiga qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro M.A boshqaruvidagi “DAF” rusumli avtotransport vositasi va unga ortilgan yuklar bojxonachilarda shubha uyg‘otdi hamda ushbu avtotransport vositasi tegishli tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, olib kelinayotgan tovarning yo‘l yuk hujjatlarida ko‘rsatilmagan, bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan, umumiy qiymati 130 million 650 ming so‘mlik, muqaddam foydalanilgan avtortansport vositasi hamda uning qismlarini noqonuniy olib kelayotganligi aniqlanib, ushbu qonunbuzilish holatiga o‘z vaqtida chek qo‘yildi.

DBQ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.