Prezident bojxonada ham bor imkoniyatlar to‘liq ishga solinmayotganini qayd etdi

Masalan, o‘tgan yili import bo‘lgan 20 milliard dollarlik tovarlarga salkam 60 trillion so‘mlik imtiyoz qo‘llangan.

Lekin ushbu imtiyozlarning qanchasi maqsadli va samarali qo‘llangani bo‘yicha bojxonada tahlil yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi.

O‘tgan yili qo‘llangan imtiyozning bor-yo‘g‘i 3,2 trillion so‘mi o‘rganilganda, ularning 420 milliard so‘mi yoki 13 foizi maqsadsiz qo‘llangan bo‘lib chiqdi.

Shu bois, Bojxona qo‘mitasiga imtiyoz bilan kirgan tovarlarni korxonabay o‘rganib chiqish topshirildi.

Umuman, bu yil qo‘shimcha manbalar hisobidan Soliq qo‘mitasi 40 trillion so‘m, Bojxona qo‘mitasi esa kamida 15 trillion so‘m tushumni ta’minlashi muhimligi ta’kidlandi.