Bola nega yig‘loqi?

Eng yomoni, asabiylik o‘zi bilan yana bir dardni yetaklaydi. Unga ergashuvchi xastaliklardan misol uchun, bosh miya ichki bosimining yuqoriligi, xafaqonlik (gipertoniya), hazm yo‘li xastaliklari, endokrin kasalliklar va hokazo. Xo‘sh, o‘z asablarini asray olmay, arzimagan narsaga siqilib, salomatligiga putur yetkazayotgan ota-onalardan qanday farzand tug‘iladi? Bu haqda gap ketganda ayniqsa, onalarning oiladagi mayda-chuyda gap-so‘zlar ortidan quvib, tajangligi ortib, o‘ziga ziyon yetkazayotganini aytmasa ham bo‘ladi. 
Axir ota-ona asabiy bo‘lsa, bu narsa bolaga ham o‘tadi-da! Tug‘ilayotgan har o‘n chaqaloqdan 2-3 nafarida bosh miya ichki bosimi balandligiga nima deysiz? Chaqaloqlarning o‘ta yig‘loqi, tajangligiga-chi? Vaholanki, sog‘lom, og‘ir-vazmin ota-onaning farzandlari o‘rtasida turli xastaliklarga chalinish kam uchraydi. 
Bugun nafaqat mamlakatimiz, balki dunyo miqyosida tajang ota-ona va farzandlar soni ko‘payib borayotir. Shunday ekan, onalar salomatligi haqida farzandlarimiz maktabda paytidanoq qayg‘urishimiz kerak. Ta’lim-tarbiya, ma’naviyat masalalari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar bu masalaga e’tibor qaratishi lozim.

Murodim UMRZOQOV.