Bo‘lajak tadbirkorlar uchun bepul kurslar bor
Viloyatda 2021 yil 15 fevraldan buyon 1216 nafar aholi, yoshlar va xotin-qizlar tadbirkorlikka bepul o‘qitildi. O‘quv kurslarida qatnashganlardan 359 nafari tadbirkorligini boshlab, 158 nafari faoliyatini kengaytirdi.
Bu qanday va qayerda amalga oshirildi?
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Samarqand filialida “Aholi (yoshlar va xotin-qizlar) tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish”, “Oilaviy tadbirkorlik dasturlari orqali kredit olishni mo‘ljallagan aholi qatlamlari uchun” va “Tadbirkorlarni biznesni boshqarish va rivojlantirish ko‘nikmalariga o‘qitish” mavzularida bepul o‘quv kurslari tashkil etmoqda.
Bu yerda biznes-reja ishlab chiqish, davlat reyestridan o‘tkazish, bankda hisobvaraq ochish, subsidiya, kredit olish shartlari va tartibi hamda tadbirkorlarga yaratilayotgan imtiyozlar bo‘yicha ma’lumot beriladi.
Hozirgacha qatnashchilar 5 yo‘nalishda o‘qitilgan bo‘lsa, kelgusida 28 yo‘nalishdagi o‘quv dasturlari bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari o‘tkazish rejalashtirilgan.
Qobil Ma’rupov,
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Samarqand filiali rahbari.