Boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar yer solig‘idan ozod qilinadi

Qonunchilikka ko‘ra, boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan ozod qilinadi.

Ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan to‘rt va undan ortiq bolalari bo‘lgan oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalardir.

Mazkur imtiyoz Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining ma’lumotnomasi asosida beriladi.