Kichik tadbirkorlar 31 milliard so‘m mol-mulk va yer soliqlari to‘lashdan ozod etildi

Prezidentimizning 2020 yil 18 maydagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga asosan kichik tadbirkorlik sub’yektlari, bozor va savdo komplekslari, kinoteatrlar, umumiy ovqatlanish va jamoat transporti korxonalari, sport-sog‘lomlashtirish muassasalari, yo‘lovchilarni tashish va maishiy xizmatlari, binolarni ijaraga beruvchi yuridik shaxslar joriy yilning 1 iyunidan 1 sentyabrgacha bo‘lgan davr uchun mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashdan ozod etildi.

Dastlab hisob-kitoblar bo‘yicha 14 922 ta kichik tadbirkorlik sub’yektlarga joriy yilning 1 iyunidan 1 sentyabrgacha bo‘lgan davr uchun hisoblangan 31,1 milliard so‘m mol-mulk va yer soliqlari to‘lashdan ozod etilmoqda.

Samarqand viloyat davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.