Bosh prokuratura Matbuot xizmatiga yangi rahbar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan Hayot Ne’matovich Shamsutdinov Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati sobiq rahbari Surayyo Rahmonova Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Davlat boshqaruvi organlari axborot xizmatlari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i etib tayinlangan edi.