Bosh prokuratura ota-onalarga murojaat bilan chiqdi
- 10.12.2019 14:35
- 347
- O‘zbekiston
Bosh prokuratura tomonidan ta’lim tizimini “Korrupsiyasiz soha”ga aylantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, umumta’lim muassasalarida ota-onalarning noroziliklariga sabab bo‘layotgan salbiy holatlarni tahlil qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda ijtimoiy tarmoqlarda onlayn-so‘rov o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi.
"Umumta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya sifati oshirilishini hamda moddiy-texnika bazasidan samarali va oqilona foydalanilishini ta’minlash maqsadida mazkur onlayn-so‘rovda faol ishtirok etishingiz so‘raladi", deyiladi Bosh prokuraturaning rasmiy xabarida.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Daryo bo‘lib yasha
- Kecha, 21:45
- Mutolaa
Dunyodagi eng g‘alati sho‘rvalar
- Kecha, 20:04
- O'qing, qiziq!