Bosh prokuror videokonferensiya aloqa orqali fuqarolarni qabul qildi
- 01.11.2019 21:36
- 94
- Jamiyat

Prokuratura.uz ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 1 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori N.Yo‘ldoshev videokonferensiya aloqa orqali fuqarolarni qabul qilgan.
Qabulda 18 nafar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilinib, ularning murojaati tinglandi. Murojaatlarning 8 tasi sud masalalariga, 5 tasi prokuratura va 2 tasi ichki ishlar organlari tergovi va tergovga qadar tekshiruviga, 3 tasi ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi boshqa masalalalarga oid.
Bosh prokuratura tomonidan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish hamda murojaatlarini ko‘rib chiqish borasida ishlar davom ettirilmoqda.
Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish Bosh prokuraturada Murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Misr tamadduni qachon boshlangan?
- Kecha, 17:53
- O'qing, qiziq!