Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalariga yangi rahbarlar tayinlandi
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 3 fevraldagi farmoyishiga muvofiq viloyatlar, Toshkent shahri va tumanlardagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalarida bir qator kadrlar o‘zgarishlari yuz berdi.
Xususan, quyidagi tayinlovlar amalga oshirilgan:
Sohibjon Pardayev — Samarqand viloyatidagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi mudiri vazifasini bajaruvchi;
Ulug‘bek Choriyev — Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanidagi qabulxona mudiri vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
Shuningdek, joylardagi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalarining quyidagi mutasaddilari o‘z arizalariga muvofiq, egallab turgan vazifalaridan ozod etilgan:
Qahramon Abilov — Toshkent viloyatidagi qabulxona mudiri vazifasini bajaruvchi;
Dilmurod Tursunov — Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi qabulxona mudiri vazifasini bajaruvchi;
Ahliyor Bahriddinov — Farg‘ona viloyati Quvasoy shahridagi qabulxona mudiri vazifasini bajaruvchi;
Zokir Mirzaulug‘ov — Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi qabulxona mudiri vazifasini bajaruvchi;
Bundan tashqari, Surxondaryo viloyatidagi, Qashqadaryo viloyatining Qarshi, Navoiy viloyatining Tomdi tumanlaridagi, Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahri, Quva, Oltiariq tumanlaridagi qabulxonalar bosh va yetakchi mutaxassislari ham o‘z vazifalaridan ozod etilgan.
O‘zA.