Boshi bilan yiqilib musiqa dahosiga aylangan odam

Tadbirkor Derek Amato 2000 yillarning boshida kasodga uchrab, uysiz va pulsiz qoldi. U mashinasida tunab, arzon oziq-ovqatlar bilan tamaddi qilib kun ko‘rardi. Boshi bilan "urilish"i u uchun nafaqat qutqaruv kamari, balki yangi muvaffaqiyatli hayotga yo‘llanma bo‘lishi to‘g‘risida kim ham o‘ylab ko‘ribdi, deysiz?

Дерек Амато: после удара головой бездомный стал музыкальным гением.

2006 yilning 26 oktyabrida do‘stlari Derekni ziyofatga taklif qilishdi. Bayram davomida jo‘ralar bacseyn cheti bo‘ylab to‘p tepishga qaror qildi. Amato o‘ynayotib to‘g‘ridan-to‘g‘ri suv ustidan sakrab o‘tmoqchi edi, lekin "qo‘nish" unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmadi. Erkak boshini hovuzdagi kafelga qattiq urib oldi. Hushidan ketgan Derek darhol kasalxonaga yotqizildi. Shifokorlar unga miya chayqalishi tashxisini qo‘yishdi, shundan so‘ng u besh kun davomida deyarli uyg‘onmasdan yotdi.

Uyg‘onganidan so‘ng u o‘zida g‘aroyib narsalar sodir bo‘lishining guvohi bo‘ldi. Derekning o‘zi aytib berganidek, uning boshi musiqaga to‘lib ketdi, u chapdan o‘ngga qarab og‘ib ketayotgan qora va oq kvadratlarni ko‘ra boshladi. Bu kvadratlar uning barmoqlarini harakat qilishga majburlardi. Zo‘rg‘a uyg‘onib, u uyida pianinosi bo‘lgan do‘sti Rikning oldiga bordi.

Shu kungacha faqat ermak uchun gitara chalishni o‘rganishga harakat qilgan Amato umrida hech qachon bu musiqa asbobida o‘ynamagan edi. Biroq u o‘z kuchini sinab ko‘rish kerakligini his qildi, hatto chala olishi mumkinligiga amin edi. Asbob yoniga kelganida uning qo‘llari nima qilishni biladigandek klavishlar bilan qo‘shilib, haqiqiy professional musiqachi kabi o‘ynay ketdi.

“Go‘yoki Betxoven sezdirmay oilam shajarasiga kirib qolgandek. Men klassik tarzda yaratilgan asarni ijro etdim va uni olti soat davomida uzluksiz o‘ynadim”, deydi Derek.

Дерек Амато: после удара головой бездомный стал музыкальным гением.

Amatoning bu  kutilmagan in’omi to‘g‘risidagi xabar tezda uning tanishlari orasida tarqaldi. Ulardan biri do‘stiga yordam berishga qaror qildi va Los-Anjelesdagi musiqa sohasida ishlaydigan odamlar bilan uchrashuv uyushtirdi. Ushbu soha vakillari yo‘q joydan paydo bo‘lgan iste’dodga unchalik ishonmadi, lekin Derekni tinglashga rozi bo‘lishdi. U esa yaqinda chiqqan san’atkor qarshisidagi zalda o‘tirganlarda katta taasurot qoldirdi. Yigit ajoyib o‘ynadi.

Shifokorlarning tushuntiricha, Derek boshini urib olganida  u Savant sindromining bir xususiyatiga ega bo‘lgan.

Odatda odamlar ushbu sindrom bilan birga bilimning bir yoki bir nechta sohalaridagi ajoyib qobiliyat - “daholar oroli”ni oladi. Ko‘pincha rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan odamlar ushbu sindrom bilan tug‘iladi. Biroq, Amato kamdan-kam uchraydigan istisno, chunki u jarohat natijasida o‘zining “oroli”ga egalik qildi. Bu qobiliyatlarini to‘liq ochib berishga hatto o‘zidagi eshitish qobiliyatining qisman yo‘qolishi ham to‘sqinlik qilmadi, bu ham miya chayqalishi tufayli yuzaga kelgandi.

Endi Derek muvaffaqiyatli musiqachi. U gastrollarga boradi, albomlar chiqaradi va filmlar uchun musiqalar yozadi. Shuningdek, New Vizion Entertainment Group kompaniyasi u bilan doimiy shartnoma tuzgan. 2007 yilda Derek Mustaqil rassomlar uyushmasining “2007 yilning Mustaqil rassomi” mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.