Boshqaruv lavozimlarida qancha xotin-qiz ish bilan band?
O‘zbekiston tarixida ilk marotaba milliy parlamentda xotin-qizlar soni BMT tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga yetdi. Bu haqda Oliy Majlis Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisida ma’lum qilindi.
Siyosiy partiyalardagi xotin-qizlar ulushi 44 foizga, oliy ta’lim sohasida 40 foizga, tadbirkorlikda 35 foizga yetdi, xotin-qizlar axborot-kommunikatsiya, innovatsiya, energetika, muhandislik sohalariga keng jalb etilmoqda.
Boshqaruv lavozimidagi xotin-qizlar ulushi 27 foiz. Shuningdek, 81 ta vazirlik va idorada ilg‘or va bilimli ayollardan iborat 15 ming nafardan ortiq kadrlar zaxirasi shakllantirildi.
Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, ular bilan manzilli ishlash maqsadida “Ayollar daftari” tizimi joriy etildi.
➖ Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollarning o‘qish to‘lovlarini qoplab berish tizimi joriy etildi, oliy o‘quv yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar soni ikki baravarga ortdi;
➖Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish uchun 224 mingdan ortiq xotin-qizga 6,9 trln. so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratildi, ularga Xalq banki biriktirildi, 14 ta hududda Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi tashkil etildi.