Bo‘stonsaroydagi chuqurlar nima ekani ma’lum bo‘ldi
Samarqand shahridagi mazkur ko‘chada qoldirilgan chuqurlar haqda xabar berilgandi. Shahar Obodonlashtirish boshqarmasi axborot xizmati holatga izoh berdi:
"Mobil muxbir nigohiga tushib, Zarnews.uz sayti orqali e’lon qilingan, shahrimizning Bo‘stonsaroy ko‘chasidagi chuqurchalar borasida quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Ushbu chuqurchalar yo‘l belgilari va yo‘l chiroqlarini o‘rnatish uchun mo‘ljallangan ayrim joylarga ostidan kabel o‘tganligi bois qurilish davomida qo‘yib ketilgan.
Tarmoqga ulanish qulay bo‘lish uchun vaqtinchalik ochiq qoldirilgan.
Belgilangan joylarga maxsus belgi va chiroqlar o‘rnatilib bo‘lingach, Obodonlashtirish xodimlari tomonidan chuqurlar qum bilan to‘ldirilib yuza qismi beton qoplamasi bilan yopilib qo‘yilishi nazarda tutilgan edi.
Ayni paytda piyodalar uchun noqulaylik tug‘dirgan ushbu holat bartaraf etildi", deyiladi boshqarma izohida.