Botirjon yaxshilar ko‘magiga muhtoj
Bir necha kundan buyon ijtimoiy tarmoqlarda muhokama bo‘layotgan masala – turk aktyori bilan birga ovqatlanish, suratga tushish uchun falon ming dollar sarflagan yurtdoshlarimizning xatti-harakatidan ranjib turgan paytimizda Payariq tumani Yangi hayot qishlog‘ida yashovchi Shahlo Rahmatullayeva 6 yoshli o‘g‘li Botirjonning qulog‘i eshitmasligi, uni operatsiya qilish uchun imkoniyati yetmayotganini aytib qoldi.
Shu gapni eshitdiku, Botirjonga yordam beradigan insonlar topilib qolar degan umidda Shahlo Rahmatullayeva nomiga ochilgan plastik kartochka raqami (8600 1306 3521 9522) va tranzit hisob raqamini e’lon qilishga jazm etdik.