Bozor xizmatlari hajmi 581 milliard so‘mga oshdi

2019 yil Samarqand viloyatida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 12271,1 milliard so‘mga yetdi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 108,9 foiz o‘sishga erishildi.

Ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmida savdo xizmatlari 3559,1 milliard so‘m (29 foiz)ni tashkil qilib, o‘tgan yil bilan solishtirganda 581,5 milliard so‘mga oshdi.

Bundan tashqari, eng ko‘p ulush transport xizmatlari (25,7 foiz), moliyaviy xizmatlari (12,8 foiz), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (5 foiz) hamda ta’lim sohasidagi xizmatlarda (4,8 foiz) kuzatildi. Moliyaviy xizmatlarning o‘sish sur’ati 152,2 foizni tashkil etdi. Shu bilan birga, eng yuqori o‘sish me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlarda (110,8 foiz), aloqa va axborotlashtirish xizmatlarida (109,1 foiz) hamda yashash va ovqatlanish xizmatlarida (108,7 foiz) qayd etildi.

Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 3196,9 ming so‘mni, o‘sish sur’ati o‘tgan yilga nisbatan 106,6 foizni tashkil etdi.

Samarqand viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati.