Britaniyada oziq-ovqat mahsulotlari narxi keskin oshdi
Mamlakatda o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov shuni ko‘rsatdiki, yashash narxining oshishi ba’zi britaniyaliklarni iste’mol odatlarini o‘zgartirishga majbur qilgan.
’’The Guardian’’ nashrining yozishicha, Buyuk Britaniyada do‘konlar peshtaxtalaridagi makaron mahsulotlari 45 foizga, konservalangan pomidor va tuxum 13 foizga qimmatlashgan. Sut narxi taxminan 20 foizga oshgan.
Iqtisodchilarning taxminiga ko‘ra, keyingi chorshanba kuni rasmiy statistika aprel oyida narxlarning umumiy o‘sishi taxminan 9 foizni tashkil qiladi. Angliya banki joriy yilda bu ko‘rsatkich 10 foizdan oshishini taxmin qilmoqda. Bu 1982 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Barcha yirik supermarketlar vakili bo‘lgan Britaniya Chakana savdo konsorsiumi (BRC) rahbari «Iste’molchilar og‘ir kunlarni boshdan kechirmoqda» degan fikrga qo‘shiladi.
Milliy Statistika Byurosi (ONS) tomonidan e’lon qilingan yaqinda o‘tkazilgan jamoatchilik fikri va ijtimoiy tendensiyalar bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, har beshta katta yoshlilardan ikkitasi xarid qilishda kamroq oziq-ovqat sotib oladi. Bu ko‘rsatkich 2022 yil boshidagidan ikki barobar ko‘p.
Britaniya Statistika Byurosi (ONS) tomonidan o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, har o‘n britaniyalikdan to‘qqiztasi bu oyda har qachongidan ham ko‘proq pul sarflaydi.