Bu yil Samarqandda qancha ish o‘rni yaratiladi?

2021 yilda viloyatda yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish maqsadida rejali loyihalar ishlab chiqildi. Bu yil viloyat bo‘yicha 174 556 nafar ishsiz aholining bandligi ta’minlanadi.
Shundan yangi ish o‘rinlari yaratish hisobiga jami 35 969 nafar sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini ishga tushirish hisobiga 17 589 nafar, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hisobiga 876 nafar aholi ish bilan ta’minlanishi rejalashtirildi.
Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etish, yakka tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga ham yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi.
Bundan tashqari, viloyatda 6316 nafar aholiga subsidiyalar ajratish ko‘zda tutilmoqda. Yoshlarni ish bilan ta’minlash maqsadida “Yoshlar 1+1” dasturi, “Har bir oila –tadbirkor” dasturi, qishloq xo‘jaligida yoshlarga yer maydonlari ajratish hisobiga yangi ish o‘rinlari yaratiladi.