Bug‘doy sharbati zo‘rmi, apelsin sharbati?
Apelsin sharbati S vitaminiga eng boy manba hisoblanadi. Lekin u bug‘doy maysasini sharbatiga teng kelolmas ekan.
Tadqiqotchi olimlar bug‘doy maysasidagi 50 gramm sharbatda bu vitamin olti stakan apelsin sharbatiga teng kelishini aniqladilar.
***
Chumolilar saraton hujayralarini hid orqali sezadi
Fransuz olimlari chumolilar insonni sog‘lom hujayralarini saraton kasalligi hujayralaridan hidiga qarab aniqlay olishini kashf qildilar.
"Chumolilarda hid sezish qobiliyati ko‘rish qobiliyatidan yaxshi rivojlangan", deydi olimlar. Bu ularga saraton hujayralarini hid orqali sezishiga yordam beradi. Amalda bu shifokorlarga qanchalik yordam beradi, bu davom etayotgan tadqiqotlarda ma’lum bo‘ladi.
***
Polsha Rossiya bilan chegarasida devor qurmoqchi
Devor Kaliningrad oblasti bilan chegarada 200 km.ni tashkil etadi. Ammo hozircha buning uchun polyaklarda kuch ham, pul ham yo‘q. Ular Belarus bilan chegarada qurayotgan devorni tugallashi lozim. Uning narxi 160 mln. dollar.
Chegara devor bilan o‘rab olinsa, muhojirlar o‘ta olmas ekan. Ammo tarixdan ma’lumki, devor hech qanday yordam bermaydi.
Masalan, Buyuk Xitoy devori uzunligi 9 ming km. balandligi 6-7 m, devor eni 5-8 m. U xitoyni tajovuzkor ko‘chmanchi xalqlardan ishonchli himoya qilishi lozim edi. Davr o‘zgardi, hukmdorlar almashdi, devor qurilishi davom etdi. Biroq ulkan ob’yekt mamlakatni na yovdan, na qochoqlardan himoya qildi.
T.Shomurodov tayyorladi.