Kattaqo‘rg‘onda 2019-2020 yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari taqdimoti o‘tkazildi
Kattaqo‘rg‘on shahrida o‘tkazilgan ushbu tadbirda Paxtachi, Narpay, Ishtixon, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on tumanlari va Kattaqo‘rg‘on shahrida 2019-2020 yillarda xorijiy kapital ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalar taqdim etildi. Unda tuman, shahar hokimlari va investitsiya bo‘yicha o‘rinbosarlar, mahalliy va xorijiy tadbirkorlar, tijorat banklari rahbarlari hamda loyiha tashabbuskorlari har bir loyihaning har tomonlama istiqboli va imkoniyatlarini muhokama qildi.
Jumladan, 2019 yilda mahalliy tadbirkorlar xorijiy hamkorlarining 563,5 million dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyasi asosida amalga oshiriladigan eng istiqbolli 11 ta loyihasi bo‘yicha o‘zaro muhokamaga kirishishdi. Loyihalarning iqtisodiy samaradorligi, ijtimoiy ahamiyati, ish o‘rinlari, eksport imkoniyatlari, xomashyo manbasiga alohida e’tibor qaratilib, xorijiy investorlarga ko‘maklashish, loyihalarning belgilangan muddatlarda ishga tushirilishi yuzasidan soha mutaxassislariga ko‘rsatmalar berildi. Taqdimotlarda Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov ishtirok etdi. Samarqand viloyat hokimligi axborot xizmati.