Bugun Putin rossiyaliklar bilan efir orqali 17-marta bevosita muloqot o‘tkazmoqda

Vladimir Putin bilan bevosita muloqot translyasiyasi Moskva vaqti bilan 12:00 da boshlanadi.

Translyasiyani "Rossiya 1", "Rossiya 24", Birinchi, NTV, OT telekanallari, "Mir", radiostansiyasi "Mayak", "Vesti FM" i "Radio Rossiya" radiokanallari, shuningdek Vesti.Ru sayti yoritadi.

Putin bugun rossiyaliklar savollariga bevosita muloqot orqali 17-marta javob beradi. Bevosita muloqot, 2001 yildan buyon yilda bir o‘tkazib kelinadi. Vladimir Putin ushbu bevosita muloqotni shu paytgacha 13 marta prezident sifatida, 4 marta bosh vazir sifatida o‘tkazgan.

Putinning matbuot kotibi bergan ma’lumotlarga ko‘ra bevosita muloqot ilk o‘tkazilgan 2001 yilda Putinga aholidan 400 mingdan oshiq murojaat va savollar yo‘llangan. Oxirgi yillarga kelib murojat va savollar miqdori oshdi va endi aholi tomonidan Putinga 2.5-2.8 millionta turli savol va murojaatlar kelib tushmoqda.

Bevosita muloqot odatda 3-4 soat davom etadi. 2013 yilda u eng uzoq, 4 soatu 47 daqiqa davom etgan.

Yo‘llanayotgan murojaat va savollardan shu narsa aniq bo‘lyaptiki, rossiyaliklarni eng ko‘p uy-joy, tibbiy yordam, ekologiya, yo‘llarning sifatsizligi va mehnatga haq to‘lash masalalari qiziqtirmoqda. Aholi turli masalada o‘z takliflarini ham bermoqda.